Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev 👑 articleTaqriz
29.10.26
Qaytish

Qaytish

Erix Mariya Remark

Nemis asklari urush bitimidan so'ng o'z uylariga qaytayotgan vaqt amerika askarlari bilan uchrashgan holat e'tiborni tortdi. Nemis askari tasvirlashi bo'yicha amerikalik askarlarning barcha qurol yaroqlari huddi chinnidek yaltirab turgani o'q dori zahiralari yetarli ekanligi, ularning ust-boshlari va oyoq kiyimlari toza, barchasi bo'ydor va baquvvat. Nemis askarlari esa huddi daydilardek kiyimlari qontalash, qurol yaroqlaridagi o'q zahiralari tugagani, jismoniy kuch tomondan ularga qaraganda ojizroq ekanligi ko'rinib turardi. Ular ikki tomonlama oziq-ovqat va buyumlarini ayirboshlashadi. Remark bu holatda ularni faqatgina siyosat dushman qilgan degan gaplarni o'rtaga tashlaydi.

Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev 👑 format_quoteIqtibos
27.10.26
Qaytish
Urushning bir yili keyingi yilga ulanar, umidsizlik ortidan navbatdagi eshik qoqib kelar va biz bu oylar-u yillarni hisoblarkanmiz, qay biriga hayron qolishga boshimiz qotgan edi: o'shandan beri shuncha suv oqib o'tdimi yoki bor yo'g'i bir tutam vaqt o'tdimi? O'shandan beri tinchlikka oz qoldi, har bir soat ming marotaba og'irroq kechadi, har bir daqiqa urushning o'zidan-da mashaqqatli va uzoqroq davom etayotgandek tuyuladi.
Qaytish Erix Mariya Remark
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev 👑 format_quoteIqtibos
23.10.26
Ahmoqlik qilmang. Muvaffaqiyat asosi sizning qo‘lingizda
Ko'zguga nazar tashlaganingizda - butun koinot sizga javoban qaraydi. Albatta, sizni qo'rqitish uchun emas, aksincha sizni ruhlantirish uchun.
Ahmoqlik qilmang. Muvaffaqiyat asosi sizning qo‘lingizda Jen Sinsero
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev 👑 articleTaqriz
22.10.26
Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham

Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham

Jordan Piterson

Oddiy maqsaddan boshlang. Cheklangan qobilyatingiz, aldashga moyilligingiz, noroziligingiz va ma'suliyatdan qochishingiz bilan birdaniga og'ir yukni ko'taraolmaysiz. Masalan, shunday maqsad qo'ying: kun oxirida hayotim tongdagidan ozgina yaxshiroq bo'lsin. So'ngra o'zingizdan so'rang: "Bunga erishish uchun nima qilish qo'limdan keladi, nima qilaman, evaziga qanday kichik mukofot bilan o'zimni siylayman?" Keyin tanlangan amalingizni bajaring, uni yomon bajarsangiz ham. So'ng g'olib sifatida o'zingizni o'sha la'nati qavha bilan siylang. Biroz ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin shunday davom etish kerak. Ertaga, indinga - har kuni shuni takrorlang. Shu taxlit har kuni marrangiz yuqorilaydi. Bu mo'jiza. Bu omonatning murakkab foiziga o'xshaydi. Uch yil shunday davom eting, hayotingiz butkul o'zgaradi. Kattaroq oldidagi parda olinadi va barchasini ko'ra boshlaysiz. Mo'ljallanganlaringiz esa ko'radiganlaringizni belgilaydi. Bu qaytarishga arziydi.