kitobdagimen.uz

Siz bu postni ro'yxatdan o'tmagan holda ko'rmoqdasiz. Kitobxonlar jamoasiga qo'shilib, o'zingiz ham fikr ulashing!

Ro'yxatdan o'tish
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev

Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham

Jordan Piterson

Manba: asaxiy.uz "Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham" — barcha taqriz va iqtiboslar →
Hayot uchun 12 qoida. Tartibsizlikka qarshi malham
Eng pessimistik hikmatlarda shunday deyiladi: agar yashash yaxshi bo'lmasa, sababi shuki, hayotning o'zi qiyin, uning oxiri esa - o'lim. Inqirozingiz sizni shunday xunuk xulosaga kelishga majburlanmasidan oldin quyidagi fikr to'g'risida o'ylab ko'ring: muammo hayotda emas - muammo sizda. Shu xulosa, hech bo'lmasa, sizga bir nechta imkoniyat qoldiradi. Hayotingiz yaxshi bo'lmasa, hayotning o'zi emas, balki bilimingiz nuqsonlidir? Ehtimol qadriyatlar strukturangizdagi aslahalar siyraklashgandir. Balki, siz "vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi" degan xayollardan chalg'ishni xohlarsiz? Balki, xohishlaringizni jon-jahdingiz bilan changallab olib, boshqa hech nimaga - hattoki chinakamiga muhtoj bo'lgan narsalaringizga ham e'tibor qaratmayotgandirsiz?
chat_bubble 0 izoh visibility 1 ko'rish