Diqqat
local_library
Psixologiya
2026 Books4-kitob — "Diqqat"
11 kun | 18 ta pomidor | 7 soat 30 minut
Kitob muallifi Kel Nyuport bo‘lib, u shu kungacha o‘z-o‘zini takomillashtirish mavzusida 6 ta kitob yozgan. "Diqqat" kitobi ham uning eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi.
Kitobni o‘qish davomida inson o‘z ishiga bo‘lgan samaradorlikni oshirish, chuqur va teran ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘rganadi. Hozirgi davrda odamni chalg‘itadigan omillar juda ko‘p. Masalan, ijtimoiy tarmoqqa bir kishining xabariga javob berish uchun kirasiz, ammo sezmay qolib bir soat vaqtingizni u yerda o‘tkazib yuborasiz. Bu esa samaradorlikning pasayishiga olib keladi.
Kitobda samaradorlikka erishish uchun qulay muhit va diqqatni jamlashga yordam beradigan tinch joyning ahamiyati ham alohida ta’kidlanadi. Unda keltirilgan buyuk shaxslar muhim ishlarini bajarish va yirik kashfiyotlar qilish uchun ko‘pincha yolg‘izlikni tanlaganlari misollar bilan ko‘rsatib berilgan.
Xulosa:
"Men maqsadli hayot kechirmoqchiman, chunki shu eng yaxshi hayotdir."
chat_bubble 1 izoh
visibility 1 ko'rish
forum Barcha izohlar