O‘ylashni bas qil! Harakatga tush!
Manba: asaxiy.uz
O'ylashni bas qil, harakatga tush kitobi hozirgi hayotdagi har bir qiyinchilikka aql bilan yechim topishni o‘rgatadi.
Agar sizga ijobiy fikrlash tarzi haqidagi go‘yoki hayotiy misollar jamlangan ertak kitob kerak bo‘lsa, aytib qo‘yay -bu kitob siz uchun emas.
Bu kitob natijaga erishish, fikrni hayotga tatbiq etish, istaklarni ro‘yobga chiqarish va nihoyat qalb tubidagi orzularni amalga oshirish haqida.
Shu paytgacha yozilgan eng yaxshi o‘zini rivojlantirish turkumiga mansub kitoblardan biri bo‘lib qolmoqda.
Iqtibos:
"Olg‘a yurish vaqti keldi. Tavakkal qilish va xato qilishdan cho‘chimang. O‘zingizni qo‘lga olib, HOZIRNING o‘zida dastlabki qadamni tashlang. Bu qadam sizni mavhum mulohazalardan xalos qilib, cheksiz imkoniyatlar olamiga boshlab boradi. Bunga shubha qilmang."
chat_bubble 1 izoh
visibility 1 ko'rish
forum Barcha izohlar