kitobdagimen.uz

Siz bu postni ro'yxatdan o'tmagan holda ko'rmoqdasiz. Kitobxonlar jamoasiga qo'shilib, o'zingiz ham fikr ulashing!

Ro'yxatdan o'tish
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev

Atom odatlar

Jeyms Klir

Manba: asaxiy.uz
Atom odatlar
James Clear qalamiga mansub bo‘lgan "Atom Odatlar" kitobi har bir inson o‘qib chiqishi kerak. Ayniqsa, kundalik odatlarini shakllantirishda qiynaladigan insonlar uchun mukammal qo‘llanma hisoblanadi. Biz odatlarni shakllantirayotganimizda birinchi 3 kunlikni motivatsiya bilan qilamiz va 3 kun o‘tib esa bu odatdan zerikib qolamiz. Odatdan zerikmasligimiz uchun o‘zimizga har kunlik motivatsiya berishimiz kerak. Misol uchun, bir kunda qiladigan odatlarimiz ro‘yxatini tuzib, kun oxirida barchasini hisoblab chiqishimiz kerak. Barchasini qilib bo‘ldikmi, demak bu mukofotga loyiqmiz va endi mukofot tariqasida o‘zimiz yoqtirgan "hobby" bilan shug‘ullansak bo‘ladi. Misol uchun: kino ko‘rish, kompyuterda o‘yin o‘ynash va boshqalar. Kitobda odatlarni shakllantirishda qiyinchilikka duch kelgan mashhur shaxslar va ular bu qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganlari haqida faktlar ham keltiriladi. Men bu kitobdan ko‘p xulosalar oldim va odatlarni shakllantirish, ularni davomiy bajarish hamda agar ularni bajara olmagan paytda qanday choralar ko‘rish haqida ham fikrlar oldim. Endi olgan bilimlarim bilan odatlarni yanada mukammal shakllantirish bo‘yicha bir qancha fikrlar uyg‘unlashdi. Keyingi postlarimda odatlarni shakllantirishda va odatlar har bir kun uchun bajarilganda nimalar qilishim haqida ham yozib o‘taman.
chat_bubble 0 izoh visibility 1 ko'rish