kitobdagimen.uz

Kitobxonlar jamoasiga qo'shilib, siz ham "Naval Ravikant Almanaxi" haqida fikr ulashing!

Ro'yxatdan o'tish
Naval Ravikant Almanaxi — Erik Yorgenson kitobi muqovasi

Naval Ravikant Almanaxi

Erik Yorgenson

Manba: asaxiy.uz
local_library Ilmiy
rate_review 1 taqriz format_quote 9 iqtibos group 2 kitobxon

rate_review Taqrizlar (1)

Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev verifiedAsoschi
20.06.2026

Erik Yorgenson tomonidan yozilgan Naval Ravikant Almanaxi - zamonaviy dunyoda eng yaxshi tadbirkorlaridan va investorlaridan biri bo'lgan Naval Ravikantning hayot falsafasi, boylik va baxt haqida chuqur qarashlarini jamlagan kitob. Kitobda moliyaviy erkinlikka erishish, shaxsiy rivojlanish, hayotda…

format_quote Iqtiboslar (9)

Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Kimdir o'z qadriyatlari haqida nihoyatda ko'p gaprsa yoki o'zini maqtayversa, u nimanidir yashirayotgan bo'ladi.
Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Menimcha, chinakam aqlli odamlar har qanday narsani hatto yosh bolaga ham tushuntira oladi. Agar biror narsani yosh bolaga tushuntira olmasangiz, demak, uni o'zingiz ham yetarlicha tushunmaysiz. Bu keng tarqalgan hikmat va u mutlaqo to'g'ri.
Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Eng so'nggi trendlardan xabardor bo'ling, texnologiyalar, dizayn va san'atni o'rganing - biror sohaning chinakam ustasiga aylaning.
Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Haqiqiy reztumengiz - azob-uqubatlaringiz katalogidir. O'lim to'shagida yotar ekansiz, sizdan haqiqiy hayotingizni tasvirlab berishni so'rasam, birma-bir xayolingizdan o'tadigan qiziq ishlar - qurbon qilgan narsalaringiz, boshingizdan kechirgan qiyinchiliklar haqida bo'ladi.
Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Qulog'imga eng ko'p chalinadigan yomon maslahat: "Hali juda yoshsan". Tarixning aksariyati yoshlar tomonidan yaratilgan. Ular faqat yoshi ulg'aygach e'tirof etilgan, xolos. Biror narsani chinakamiga o'rganishning yagona yo'li - uni amalda qilish. Ha, yo'l-yo'riqlarga quloq tuting. Lekin amalda bajarib ko'rishni paysalga solmang.
Abdukarim Qarshiyev
03.07.2026
Agar doim soat sanab o'tirsangiz, muvaffaqiyat kelguncha sabringiz tugaydi. Hamma bir zumda boyib ketishni xohlaydi, lekin bu dunyo batartib joy, hamma narsa darhol bo'lavermaydi. Vaqt sarflashga majbursiz.
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev verifiedAsoschi
02.07.2026
— Eng muhimi hozirgi lahzada yashash. — Hayotdagi barcha chinakam foydalar murakkab foiz formulasiga ko'ra to'planadi. — Aqlingiz bilan pul toping, vaqtingiz bilan emas. — Barcha harakatlarning 99 foizi behuda ketadi. — Barcha buyuklik azob-uqubat orqali keladi. Eng avvalo sog'liq, so'ng muhabbat va nihoyat hayotiy maqsad. Qolgan narsalarning bari ahamiyatsiz.
Javohir Sadullayev
Javohir Sadullayev verifiedAsoschi
20.06.2026
Sarmoyador Charli Manger aytganidek: "Munosib umr yo'ldosh topmoqchi bo'lsangiz, o'zingiz ham unga munosib bo'lishga intiling".